Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti hamda "Aloqabank" hamkorligida CCNA (Cisco Certified Network Associate) kursi boshlanadi.
Kurs darslari "Aloqabank" Tarmoq xavfsizligi muhandisi Shamsiddin Normamatov tomonidan olib boriladi.
Ushbu kurs 8-noyabr kuni soat 11:00 da "A" bino, 415-xonada bo‘lib o‘tadi.

