Alfraganus University va Chexiyaning Praga menejment va texnologiyalar instituti (PIMT) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha qabul boshlanmoqda!
Siz mazkur qoʻshma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim olib, xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin. Ushbu dastur xalqaro standartlarga mos taʼlim olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishingizga xizmat qiladi.
Qo'shma ta'lim dasturlari doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olishingiz mumkin:
— Iqtisodiyot;
— Kompyuter injiniringi;
— Turizm va mehmondo‘stlik.
Qo'shma ta'lim dasturlari afzalliklari:
— ikki tomonlama diplom;
— Chexiyada o‘qish imkoniyati;
— xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar;
— xalqaro standartlarga mos taʼlim;
— amaliyot va stajirovka dasturlari;
— Pragada yozgi maktablarda ishtirok etish.
Ushbu qo'shma ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Alfraganus University va Praga menejment va texnologiyalar instituti diplomlari beriladi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
Qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha qabul platformasi tez kunda ochiladi!

