Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismailov hamda universitet Ta’sis kengashi a’zolari boshchiligidagi delegatsiya Chexiyaning Prague Institute of Management and Technology (PIMT) oliy ta'lim muassasasi rahbariyati vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o'tkazdi.
![]() |
![]() |
Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.






