Chexiya Respublikasiga tashrif doirasida Alfraganus universiteti akademik ishlar bo‘yicha prorektori Mansur Eshov Liberec Texnika universiteti rektori Miroslav Brzezina hamda Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Katerina Marsikova bilan uchrashuv o‘tkazdi.
![]() |
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolda kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishdilar:
— qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalarni tashkil etish;
— professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, stajirovkalar va qo‘shimcha ta’lim kurslarini amalga oshirish;
— kutubxona, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot bazalaridan o‘zaro foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
![]() |
![]() |
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy faoliyat sohasida strategik hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirishga kelishib oldilar.