Alfraganus universiteti prorektori Nozim Muminov, Alfraganus xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rahbari Mo‘minjon Xo’jayev va Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani Abduaziz Abdurahmonovlar Qozog‘iston Respublikasi Chimkent universiteti professor - o'qituvchilari bilan uchrashdi.
Unda imzolangan anglashuv memorandumiga asosan talabalarning akademik almashinuvi, xalqaro seminar va konferensiyalarni o‘tkazish, hamkorlikda monografiya, ilmiy maqolalar yozish, professor-o‘qituvchilarning master-klass va dars mashg’ulotlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Alfraganus universiteti tashabbusi bilan 14 - noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Uchinchi renessans – ta’lim va taraqqiyot: o‘tmish, bugun va kelajak" mavzusidagi II-xalqaro talabalar konferensiyasini tashkiliy masalalari kelishib olindi.
Chimkent universiteti rasmiy saytida biz haqimizda va hamkorligimiz to’g’risida maqola ham e’lon qilindi: maqolani o’qish
_______________________________________________