Alfraganus universiteti hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan "Green Taxonomy for Sustainable Development: from green technologies to a green economy” (CONGREENTAX-2025) II-Xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etishga barcha professor-o'qituvchilarni taklif qiladi.
Konferensiya mavzulari:
• Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar va texnologiyalar;
• Yashil energiya - qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligi;
• Yashil qurilish va binolar;
• Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon maydonlarini barqaror rivojlantirish va ekoturizm;
• Yashil transport;
• Yashil moliyalashtirish, iqtisodiy tahlil va yashil huquq;
• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
• Yashil fanlar (ko‘p tarmoqli);
• Yashil sanoat, resurslar va chiqindilarni boshqarish;
• ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv).
Maqolalar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
— Maqolalar "E3S Web of Conferences" konferensiyalar to‘plamida chop etilib, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadi.
Nashr narxi: Faqat Alfraganus universiteti affiliatsiyasi bilan qabul qilingan universitet professor-o‘qituvchilarining nashr harajatlari Alfraganus universiteti tomonidan qoplanadi.
— Har bir muallifdan 2 tadan ortiq maqola qabul qilinmaydi. Bitta maqolada 1 ta Alfraganus universiteti muallifi va 1 ta TOP-1000 universitet muallifi bo‘lishi talab etiladi (ya’ni, 1 ta maqolada 2 ta muallif, maqolalar ingliz tilida qabul qilinadi).
Tafsilotlar va rasmiylashtirish talablari:
https://congreentax.tiiame.uz/
Bog‘lanish uchun: congreentax@tiiame.uz, greentaxonomiya@yandex.ru
Maqolalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.yandex.ru/u/67cb186b49af4701be65fdc5/
Maqola tayyorlash uchun namuna:
https://docs.google.com/document/d/1fw2s49Xt2vRiENmOlzajNJU8DGNn3YaS/edit?tab=t.0