Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetining 4-bosqich Futbol hamda Karate ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihon jarayonini Sport faoliyati kafedrasi mudiri X. O‘tashev hamda Davlat attestatsiya komissiyasi raislari ochib berdilar.

Mazkur attestatsiya imtihonlari talabalarning ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalarini baholashga qaratildi.

Jarayon davomida bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy salohiyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.