1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan. Bu sana mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, istiqlol timsollaridan biri sifatida muqaddas qadriyatga aylangan.

Gerbimiz – xalqimizning tarixi, qadriyatlari, milliy iftixori va ezgu orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir.