O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi talabalari va Milliy bank xodimlari ishtirokida “Kelajakga qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar dastur imkoniyatlari bilan tanishtirildi, shuningdek, “Kelajakga qadam” dasturining amaliy afzalliklari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida 3 nafar talabaning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har biriga 10 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘lar ajratilishi rejalashtirildi.

Davra suhbati yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni kelajakdagi loyihalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.