Kuni kecha Alfraganus universiteti hamda yurtimizda o`z o`rniga ega «Dentium Uzbekistan» stomatologiya kompaniyasi vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Dentium kompaniyasi 2000-yil iyun oyida Janubiy Koreyada tashkil etilgan bo'lib, 2007-yildan buyon O'zbekistondagi eksklyuziv dileri hisoblanadi. U boshidanoq beqiyos sifatli dental implant tizimini yaratishga katta e'tibor qaratgan.

Suhbat chog`ida ikki tomonning maqsad va shartlari o`rganilib, hamkorlik masalalari o`rtaga tashlandi.

Unga ko`ra:

— Uzluksiz ta'lim dasturlari;

— Seminarlar, simpoziumlar, qisqa muddatli o‘quv dasturlari va ilmiy uchrashuvlar tashkil etish va ularda ishtirok etish;

— O'quv materiallari, nashrlari va ma'lumotlari almashinuvi;

— Ikkilik va qo'shma sertifikat dasturlari bo`yicha anglashuv memorandum imzolandi.

Shartnomaga binoan, endi kompaniya vakillari tomonidan har hafta talabalarimiz uchun ma`ruzalar o`qilib, implantologiya bo`yicha amaliyot o`tash uchun eng yuqori texnologilar bilan jihozlangan ofisda amaliyot o`tkaziladi.

Ya`ni «Dentium Uzbekistan» stomatologiya kompaniya Alfraganus universiteti talabalari uchun o`z ofisida implantologiya bo`yicha laboratoriya xona ajratmoqda.