Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani boshchiligida, Moliya va Iqtisodiyot kafedralari tashabbusi bilan "Yashil iqtisodiyotning ekologiyadagi o‘rni" mavzusidagi uchrashuv o'tkaziladi.

Uchrashuv mehmonlari:

— Alixanov Boriy Botirovich – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

— Raximov Oybek Raimovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi aʼzosi

— Fayziyeva Sevara Tulkunovna – O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

Uchrashuv davomida yashil iqtisodiyot tamoyillari, ekologik siyosat va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari haqida bevosita deputatlarning fikrlari va tajribalari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Uchrashuv joriy yilning 30-aprel kuni soat 11:00 da, "C" bino, -1-qavatdagi Teatr zalida bo'lib o'tadi.