Imtihonlardan o’tib, o’qishga qabul qilingan ya'ni shartnoma olgan talabalar tegishli hujjatlarini universitetning qabul bo'limi, ro’yxatga olish xonasiga topshirishlari so’raladi.

Hujjatlar ro’yxati bilan tanishing!

— Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);

— Pasport yoki ID karta nusxasi 2 ta (asli koʻrsatilgan holda);

— Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

— Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;

— 3x4 foto surat 6 ta;

— Hujjatlar yig‘ma jildi (папка, скоросшиватель);

— Xatjild (конверт) A5 formatida.

P/s:. O'qishini ko'chirgan talabalar universitetdan olgan shartnomaga ko’ra belgilangan kontrakt summasini kamida 25 % to’laganidan so’ng, to’lov qog’ozini olib kelganida universitet tomonidan aloqa xati beriladi va xatda ko'rsatgan hujjatlar olib kelinadi.

BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA