Hurmatli talabalar, ota-onalar va hamkorlar!
Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismailov nomidan noma'lum shaxslar tomonidan soxta Telegram profili yaratilgani aniqlandi.
Mazkur soxta profil:
https://t.me/ISMAILOV_AZIZBEK0
Ushbu profil orqali turli foydalanuvchilarga shaxsiy xabarlar yuborilib, turli bahonalar bilan pul mablag‘lari talab qilinayotgani ma'lum bo‘ldi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan Telegram profili siz bilan bog‘lansa:
hech qanday xabarga javob bermang;
pul mablag‘larini o‘tkazmang;
shaxsiy yoki bank ma’lumotlaringizni ulashmang;
xabarni darhol o‘chirib yuboring va profilni Spam sifatida belgilab, bloklang.
Alfraganus universiteti rahbariyati rasmiy ma'lumotlarni faqat universitetning tasdiqlangan rasmiy axborot kanallari va sahifalari orqali e'lon qiladi. Universitet nomidan yuborilgan shubhali xabarlarga ishonmaslikni hamda bunday holatlar kuzatilganda darhol universitet ma'muriyatiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishingizni so‘raymiz.
Ogoh bo‘ling! Firibgarlarning tuzog‘iga tushmang.

