Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 30-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning fevral-may oylarida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.


Mazkur qarorda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining birinchi bosqichi mart oyida tuman (shahar)lar, ikkinchi bosqichi aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida, may oyida Respublika miqyosida oʻtkazilishi belgilangan.


Maʼlumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari va quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.


Ro'yxatdan o'tish: https://vorislar.uz/

ALFRAGANUS UNIVERSITY