Shoxista Mahmudova Abdusalomovnaning filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi "O'zbek adabiyoti" ixtisosligi bo'yicha “Zamonaviy o‘zbek qissa va hikoyalarida ijodkor obrazi talqini” mavzusida bo'lib o'tadi.
Dissertatsiya ishi himoyasi 2025-yil 16-iyun kuni soat 12:00 da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik hamda Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedralari qo‘shma yig‘ilishida bo'lib o'tadi. Barcha professor-o'qituvchilar hamda ko'ngilli, ilmiy ish olib borayotgan magistranlarimizni taklif qilamiz!

