Akbar Shernayev Aqmirzayevichning Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi “Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida bo‘lib o'tdi.



Iqtisodiyot fakulteti tasarrufidagi kafedralarda olib borilayotgan ilmiy va o‘quv faoliyati ham muhokamada alohida e'tirof etildi. Fakultet tarkibidagi Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya hisobi va soliq, Menejment va marketing kafedralarida faoliyat yuritayotgan pedagog-kadrlarning 65 foizi ilmiy salohiyatga ega. Bu ko‘rsatkichni tashkil etayotganlar orasida iqtisod fanlari doktori-professorlar (DSc) va iqtisod bo‘yicha falsafa doktori-dotsentlar (PhD) yetakchilik qilmoqda.


Muhokama jarayonida ilmiy ishning amaliy ahamiyati, mazmuni va dolzarbligi keng muhokama qilindi. Dissertatsiyada ko‘tarilgan masalalar, takliflar iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.