Ziyo Sherzod Azamat o'g'lining Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi “O'zbekistonda moliyaviy xizmatlarni islom moliyasi mexanizmi asosida rivojlantirish yo'nalishlari” mavzusida bo'lib o'tadi.
Dissertatsiya ishi himoyasining Yetakchi tashkilotdagi muhokamasi 2025-yil 22-aprel kuni soat 10:30 da "A" bino 103-xonada bo'lishi belgilangan. Barcha professor-o'qituvchilar hamda ko’ngilli, ilmiy ish olib borayotgan magistrantlarimizni taklif qilamiz!
Universitetimizga iqtisodiyot sohasida DSc va PhD himoyalarining yetakchi tashkilot sifatidagi muhokamalari rasmiy xatlar orqali kelmoqda. Bu universitetimizning iqtisodiyot sohasidagi nufuzi va salohiyati yuqori darajada ekanligini bildiradi.