Ziyo Sherzod Azamat o'g'lining Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi “O'zbekistonda moliyaviy xizmatlarni islom moliyasi mexanizmi asosida rivojlanish yo'nalishlari” mavzusida bo'lib o'tdi.

Iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi kafedralarda olib borilayotgan ilmiy va o‘quv ishlari maxsus muhokamalarda alohida ta'kidlandi. Fakultetdagi Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya hisobi va soliq, Menejment va marketing kafedralarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning deyarli uchdan ikki qismi ilmiy salohiyatga ega. Ushbu ko‘rsatkichni tashkil etganlar orasida iqtisodiyot fanlari doktori-professorlar (DSc) va iqtisodiyot bo‘yicha falsafa doktori-dotsentlar (PhD) asosiy o‘rinda turadi.

Dissertatsiyada ko‘tarilgan masalalar, takliflar iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ekanligi ta'kidlandi.