Malikova Gulhayo Turdali qizining Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi “O‘zbekiston respublikasi tijorat banklari investitsion faoliyatini rivojlantirish” mavzusida bo'lib o'tdi.

Iqtisodiyot fakulteti tasarrufidagi kafedralarda olib borilayotgan ilmiy va o‘quv faoliyati muhokamada alohida e'tirof etildi. Fakultet tarkibidagi Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya hisobi va soliq, Menejment va marketing kafedralarida faoliyat yuritayotgan pedagog-kadrlarning 65 foizi ilmiy salohiyatga ega. Bu ko‘rsatkichni tashkil etayotganlar orasida iqtisod fanlari doktori-professorlar (DSc) va iqtisod bo‘yicha falsafa doktori-dotsentlar (PhD) yetakchilik qilmoqda.

Muhokama jarayonida ilmiy ishning amaliy ahamiyati, mazmuni va dolzarbligi keng muhokama qilindi. Dissertatsiyada ko‘tarilgan masalalar, takliflar iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ekanligi ta'kidlandi.