Javliev Nuriddin Bektemir o'g'lining Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi “Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirish takomillashtirish” mavzusida bo'lib o'tdi.


Iqtisodiyot fakulteti tasarrufidagi kafedralarda olib borilayotgan ilmiy va o‘quv faoliyati ham muhokamada alohida e'tirof etildi. Fakultet tarkibidagi Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya hisobi va soliq, Menejment va marketing kafedralarida faoliyat yuritayotgan pedagog-kadrlarning 65 foizi ilmiy salohiyatga ega. Bu ko‘rsatkichni tashkil etayotganlar orasida iqtisod fanlari doktori-professorlar (DSc) va iqtisod bo‘yicha falsafa doktori-dotsentlar (PhD) yetakchilik qilmoqda. Ushbu kadrlar nafaqat talabalarga sifatli ta'lim berish, balki ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida ham ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda.


Muhokama jarayonida ilmiy ishning amaliy ahamiyati, mazmuni va dolzarbligi keng muhokama qilindi. Dissertatsiyada ko‘tarilgan masalalar va berilgan takliflar iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.