Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Tillarni o‘qitish markazi v.b. dotsenti Dilbar Aliyeva tomonidan tayyorlangan “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida vatanparvarlik g‘oyalarining ijtimoiy-ma’naviy talqini” mavzusidagi dissertatsiya ishining kafedra muhokamasi 26-iyul kuni soat 15:00 da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida bo‘lib o‘tadi.

Barcha qiziquvchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari mazkur muhokamada ishtirok etishga taklif etiladi.