Toshkent farmatsevtika instituti mustaqil izlanuvchisi Maxmudova Iqbol Nematovnaning 15.00.03 — Farmatsevtika ishini tashkil etish ixtisosligi bo‘yicha farmatsevtika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Milliy standart asosida dorixonalar faoliyati sifatini boshqarish tizimini optimallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Dissertatsiya muhokamasi 2026-yil 14-sentabr kuni soat 15:00 da Alfraganus universitetining Stomatologiya va farmatsiya fakultetida bo‘lib o‘tadi. Mazkur ilmiy muhokama Alfraganus universiteti yetakchi tashkilot sifatida ishtirokida tashkil etiladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrantlarni mazkur ilmiy muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!

