Saidova Iroda Anvar qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chog'ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan "O'zbek va ingliz tillarida so'z o'yinining pragmatik xususiyatlari" mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo'lib o'tadi.
Dissertatsiya muhokamasi Alfraganus universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.31.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 2026-yil 23-iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida, "A" bino, 103-xonada bo'lib o'tadi.

