Iskandarova Risolat Ravshanbekovnaning 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz tilidan sinxron va yozma tarjimada ekvivalentlikka erishishning qiyosiy tahlilini o‘rgatishni rivojlantirish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Muhokama 2026-yil 23-iyun kuni soat 10:30 da Alfraganus universitetining “A” binosi, 103-xonasida tashkil etiladi.

