Alfraganus universiteti Turizm fakulteti Dizayn: libos va gazlamalar (kiyim va to‘qimachilik dizayni) yo‘nalishi zamonaviy moda sanoati uchun kreativ fikrlaydigan, estetik did va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtira oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari quyidagi sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin:

— Moda uylari va dizayn studiyalarida;
— Tekstil va tikuvchilik korxonalarida;
— Teatr, kino hamda sahna kostyumlari dizayni yo‘nalishida;
— Shaxsiy moda brendini tashkil etish va rivojlantirish;
— Mustaqil dizayner (freelance) sifatida faoliyat olib borish.