Alfraganus universiteti "AFU farm" klubi tomonidan "Ibn Sino davri tabobat qarashi va hozirgi kun farmasevtika taraqqiyoti" mavzusidagi onlayn tanlov o'tkaziladi.

Tanlov 3 ta shartdan iborat bo'lib:

—1-shart - Hozirgi kunda farmasevtika sohasini rivojlanish bosqichlari, yutuqlari haqida ma'lumotlar berish;

—2-shart - Kanalga kunlik rasmli xabar yuborilib, xabardagi qaysi mahsulot yoki dori vositasi qanday tarkibdan tashkil topganligi hamda qaysi kasalliklarga davo bo'lishi haqida yozish;

—3-shart - Haftaning faqatgina yakshanba kuni  kuni soat 18:00 da klub doirasida 1 marotaba qisqa savol-javob testda ishtirok etishingiz lozim. Qisqa savol-javobda ishtirokchilarga 30 tadan savol beriladi. 

Tanlov joriy yilning 15-avgust kuniga qadar davom etib, o'sha kuni g'oliblar e'lon qilinadi. Yakunda joriy yilgi o'quv jarayonlari Alfraganus universitetida boshlangandan so'ng g'oliblarga diplom hamda qimmatbaho kitoblar topshiriladi.