Alfraganus universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til vaqtida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Time management” va “Moliyaviy savodxonlik” yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etildi.
To‘garaklar davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
– Shaxsiy moliyani boshqarish;
– Bank xizmatlari va moliyaviy rejalashtirish;
– Vaqtdan samarali foydalanish tamoyillari;
– Kompyuterlashtirilgan taym-menejment yondashuvlari;
– Kredit, soliq, sarmoya va firibgarliklardan himoyalanish asoslari.
To‘garaklar barcha talabalar uchun bepul bo‘lib, qatnashuvchilarga zamonaviy ko‘nikmalarni egallashga keng imkoniyat yaratadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi profilga murojaat qilishingiz mumkin: