Alfraganus universiteti “Mehr tour” klubi tashabbusi bilan saraton (onkologik) kasalligiga chalingan bolajonlar holidan xabar olindi.
Talabalar tomonidan bolajonlarga mehr-muruvvat, iliq so‘zlar, kichik sovg‘alar va ko‘ngilochar tadbirlar orqali ijobiy kayfiyat ulashildi.
Ushbu tashrif klub a’zolari uchun insonparvarlik, sabr-toqat va hayotga nisbatan chuqur minnatdorlik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qildi.