“AFU Eko” klubi rahbari Shohruh Abdurahmonov Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Eko Avlod” loyihasining IV mavsumida ishtirok etmoqda.

Mazkur loyiha doirasida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli seminar, trening va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, loyiha ishtirokchilari ekologik muammolar yechimiga oid innovatsion g‘oyalar va tashabbuslar bilan qatnashib, jamiyatda ekologik ongni shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.