12–16-aprel kunlari Alfraganus universiteti rektori Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida joylashgan Logan universiteti taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ldi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
— Tashrif davomida Alfraganus universiteti hamda Logan universiteti o‘rtasida so‘nggi ikki yil davomida olib borilayotgan hamkorlik masalalari, jumladan akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
— Delegatsiyaga AQSHda faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz professor Jo‘ldas Quljanov hamda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vakillari hamrohlik qildi. Alfraganus universiteti delegatsiyasi Logan universiteti prezidenti boshchiligidagi jamoa tomonidan kutib olindi.
— Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida double degree (ikki diplomli) ta’limni yangi o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
— Mazkur kelishuvlarni rasmiylashtirish va yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi 2026-yil 15–25-may kunlari Alfraganus universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
— Xizmat safarini tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan vatandoshimiz professor Jo‘ldas Quljanov hamda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vakillariga minnatdorlik bildiramiz.
![]() |
![]() |
![]() |
Endilikda AQSHda o‘qish orzu emas. Alfraganus universiteti hamkorlik dasturlari orqali talabalar Logan universiteti va Alfraganus universiteti diplomini qo‘lga kiritish hamda o‘qishning bir qismini AQSHda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.








