Shu kunlarda, Buyuk Britaniyada rasmiy safarda bo‘lib turgan Alfraganus universitetining rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari bu safar “University of Huddersfield”ga tashrif buyurdilar.


Aytish joiz, ushbu universitet professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘qitish tizimi sifati bo‘yicha Britaniyaning eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi. Unda tahsil olayotgan talabalar birinchi darajali resurslardan - professional laboratoriya va boshqa tadqiqot infratuzilmalari hamda studiyalardan foydalanishlari uchun universitet, kampus rivojiga katta mablag‘ sarflaydi. Ajoyib kutubxona va sokin o‘quv joylari shular jumlasidandir.


Alfraganus universitetining rahbariyati vakillari ham buning guvohi bo‘ldilar. Tashrif chog‘ida ularni “University of Huddersfield”ning kompyuter va muhandislik fakulteti dekani, professor Paul Harrison hamda qolgan guruh vakillari bilan birgalikda kutib oldi.

Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari universitetning kompyuter va muhandislik fakultetiga tashrif buyurar ekanlar, fakultet qoshidagi 4 ta ilmiy markaz hamda bir nechta laboratoriya markazlarining jihozlangan inventarlari bilan yaqindan tanishdilar.


Aynan muhandislik va dasturiy injiniring yo‘nalishi Angliyadagi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi. Qolaversa, biz uchun ham aynan “Kiberxavfsizlik injiniringi”, “Sun'iy intellekt” va “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishlari juda muhim. 


r r r r r Tashkil etilgan ikki tomonlama uchrashuvda shu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Erishilgan hamkorlik kelishuviga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida qisqa muddatli: bir semestr yoki bir yil maddatga mo‘ljallangan talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Ya`ni, Alfraganus universiteti talabalari kelgusida Angliyaga yuborilib, u yerda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.