O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Alfraganus universiteti rektorining axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi, matbuot kotibi ABDUVALIYEVA KAMOLAXON RAVSHANBEKOVNAga “DETEKTIV IQ” – nomli – intellektual o`yinning mualliflik tavsifi uchun mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash to`g`risidagi Guvohnoma topshirildi.

Mazkur hujjatda mualliflik huquqi obyekti uchun mutlaq huquqlar faqat “Alfraganus university” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishliligi haqida ta`kidlab o`tilgan.

Endilikda “Detektiv IQ” intellektual o’yinini o’tkazish uchun universitet ruxsatini olish talab etiladi.