UzExpoCenter milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Banks & Business Expo/Forum 2025” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda Alfraganus universitetining Iqtisodiyot, Turizm va Ijtimoiy fanlar fakultetlari faol ishtirok etmoqda.

Forum Network va Global Expo hamkorligida tashkil etilib, u bank-moliya tizimiga moliyaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, hamda kelajak biznes strategiyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan.

Forumda 30 dan ortiq davlatlarning bank xodimlari va biznes sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Talaba yoshlar bilimini boyitish, ilmiy malakasini oshirish va amaliy tajribasini mustahkamlash maqsadida universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham mazkur forumda faol qatnashmoqda.