Stomatologiya va farmatsiya fakulteti dekani Shohidbek Nishonov boshchiligida navbatdagi fakultet kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda yuqori tashkilotlar buyruqlari ijrosining kafedralardagi holati;
— Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va uning samaradorligi;
— 2027-yil uchun universitet reytingini oshirish hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlar;
— Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar tayyorlash jarayoni;
— Turli tashkiliy va dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.