Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi tomonidan Farmatsiya (dori turlari) yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlar himoyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Himoya jarayonlarida O'quv ishlari bo'yicha prorektor Nozim Muminov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Mo‘minjon Xo‘jayev, Stomatologiya va farmatsiya fakulteti dekani Olloqul Xudoyberdiyev, kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari hamda Attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirok etib, talabalarning ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalarini baholamoqdalar.