Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi tomonidan Farmatsiya (dori turlari) yo‘nalishi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishlar himoyasi jarayoni tashkil etildi.

Mazkur jarayonda fakultet dekani, kafedra mudiri hamda Attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirok etib, talabalar tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari taqdimotlarini tingladilar

Himoya davomida talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amaliy tadqiqotlari hamda tanlangan mavzular bo‘yicha erishgan natijalarini namoyish etdilar. Attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati va talabalarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirgani atroflicha baholandi.