Alfraganus universitetiga Istanbuldagi Fatih Sultan Mehmet Vakif universitetining xalqaro aloqalar bo`yicha bo`limi boshlig`i doktor Bedia TEKIN xonim tashrif buyurdi. Rektor M.Maxmudov boshchiligidagi uchrashuv iliq va qizg`in ruhda o`tdi. Suhbat chog`ida ko`plab masalalar muhokama qilindi. Fatih Sultan Mehmet Vakif universitetida ta`limdan tashqari, asosan tadqiqot masalalariga ham alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, har bir yo`nalish bo`yicha alohida laboratoriya xonalari, tadqiqot markazlari mavjudligi ta`kidlandi.
Fatih Sultan Mehmet Vakif universitetida muhandislik, injiniring sohasidagi yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratilgan. Tarix, Islom tarixi, San`at yo`nalishlari ham rivojlangan. Kelasi o`quv yilida talabalarimizni qisqa muddatli, (bir oy, bir semestr yoki, bir o`quv yili) muddatlarida o`qishga yuborish bo`yicha qator masalalar kelishib olindi.