Alfraganus universiteti Xorijiy tillar Kafedrasi o‘qituvchisi Xakimova Dildora tomonidan Filologiya fakulteti talabalari uchun respublika bolalar kutubxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
![]() |
Ushbu tashrif ingliz bolalar adabiyoti kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar uchun katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tashrif ularga nafaqat bilim doirasini kengaytirish, balki kurs davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkonini berdi.