Alfraganus universiteti Filologiya fakultetida fakultet kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish fakultet dekani Davranbek Nasirov boshchiligida o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
Unda ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Saidova Zuhra Narzullayevna xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, odob-axloq qoidalari, milliy qadriyatlar hamda muomala va kiyinish madaniyati haqida ma’lumot berdi.
![]() |
![]() |
Yig‘ilishda xorijiy tillardan dars beradigan professor-o‘qituvchilarning C1 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishi, bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish hamda akademik qarzdor talabalar uchun yozgi o‘qishlarni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
![]() |
![]() |
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.







