2025-yil 19-aprel kuni Filologiya fakultetida “Yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatishda innovatsion yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida I - amaliy talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ilmiy anjumanning asosiy maqsadi — Uchinchi Renessans davrida Yangi O‘zbekiston yoshlari orasida ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, zamonaviy muammolarga innovatsion yondashuv asosida yechim topish, shuningdek, talabalar o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvi, xalqaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Anjuman doirasida nafaqat respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, balki zoom platformasi orqali xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ham o‘z ilmiy g‘oyalari va izlanish natijalari bilan ishtirok etdilar. Bu esa anjumanni chinakam ilmiy platformaga aylantirdi.

Tadbir jarayonlari “O‘zbekiston-24” telekanali tomonidan tasvirga olinib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.