Alfraganus universiteti Filologiya fakultetining navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig'ilishi o'tkazildi. Yig’ilishni Filologiya fakulteti dekani Ziyodullo Raxmatullayev olib bordi. 

Kengash davomida yangi tashkil etilgan Xorijiy tillar kafedrasining mudiri filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) U.Ko'chimovni tanishtirish, ijro intizomi, iqtidorli talabalar bilan ishlash, kafedra mudirlari tomonidan kafedralarda olib borilayotgan ilmiy, uslubiy va ma'naviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda Scopus va Web of Science jurnallarida ilmiy maqolalarni chop etishni yanada jadallashtirish masalalari haqida ma'lumot berib o’tildi. 

Shuningdek, dekan o'rinbosarlari tomonidan fakultetda o'quv jarayonining borishi, darslarda talabalarning davomati kabi masalalar muhokama qilindi.