Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar sportning inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni, jamoaviylik va faol hayot tarzini shakllantirishdagi ahamiyatini amaliy jihatdan namoyon etdilar.