Alfraganus universitetining Filologiya fakulteti, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Shohista Sultonova shu kunlarda Germaniyaning Berlin shahridagi dunyo reytingida TOP 100 (81- o‘rin) talikka kirgan Humboldt universitetida o`tkazib kelinayotgan Markaziy Osiyo mavzusiga bag‘ishlangan seminarda qatnashmoqda.
Humboldt universiteti tomonidan professor Shohista Sultonovaga Turkologiya yo‘nalishi magistrantlari uchun “Tilshunoslik nazariyasi hamda til aloqalari” fanidan ma`ruza o`qib berish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilib, 6 soat o`tilgan leksiyasi uchun maxsus sertifikat topshirildi.
Sh.Sultonova safari davomida Berlindagi Leibniz universitetiga tashrif buyurib Tilshunoslik markazi qoshidagi maxsus laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi. Markaz rahbari bilan uchrashuv o`tkazildi. Suhbat chog`ida universitetimiz bilan hamkorlik masalalari ham ko`rib chiqildi.