Alfraganus universiteti nafaqat Sharq, balki G`arb mamlakatlari qatoridagi nufuzli universitetlar ishonchini qozonishda davom etmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida Germaniyaning ANHALT UNIVERSITY OF APPLIED SCIENCES (Anhalt Amaliy Fanlar Universiteti) Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Dr.Vladimiros Makarov tashrifini keltirish mumkin.
Tashrifi chog`ida universitet faoliyati va sharoiti bilan yaqindan tanishar ekan, mamnuniyat bilan unda katta qiziqish uyg`otganini e`tirof etdi.
Rektor M.Maxmudov rahbarligida o`tkazilgan muzokaralar doirasida, ko`plab masalalar ko`rib chiqildi. Unga ko`ra:
- talabalar almashinuvi dasturi bo`yicha universitetimiz talabalari Germaniyada qisqa muddatli ta`lim olishlari;
- magistratura va doktorantura bo`yicha ingliz tilida tadqiqotchilar Germaniyada ilmiy ish qilishlari;
- qo`shma loyihalarni amalga oshirish;
- ilmiy ishlarni qo`shma shaklda amalga oshirish kabi masalalar kelishib
olindi va muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.