Alfraganus universiteti delegatsiyasi hamda Ta'lim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig'i B.Sobirov, Ta'lim muassasalari xalqaro va milliy ko'rsatkichlari samaradorligini baholash bo'limi boshlig'i D.Umarov joriy yilning 16–19-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global Barqaror Rivojlanish Kongressida (Global Sustainable Development Congress) ishtirok etmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
Mazkur kongress xalqaro “Times Higher Education” reyting agentligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, kongress davomida 170 dan ortiq universitet va xalqaro tashkilotlar o‘zaro ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Kongress doirasida O‘zbekiston pavilyoni tashkil etilgan bo‘lib, unda 9 ta oliy ta’lim muassasasi — 8 ta davlat va 1 ta xususiy universitet, ya’ni Alfraganus universiteti o‘z stendlari bilan qatnashmoqda.