Korrupsiya qarshi Yangi Zellandiya tajribasi
Yangi Zelandiyada korrupsiyani oldini olish uchun kuchli qonunchilik bazasi yaratilgan, davlat idoralarining faoliyati ochiq va shaffof. Mustaqil muassasalar – xususan, Serious Fraud Office (SFO) va Ombudsman – korrupsiyaga qarshi qat’iy nazoratni amalga oshiradi. OAV va fuqarolik jamiyati faol ishtirok etib, hukumat ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi. Etika va halollik qadriyatlari ta’lim tizimi orqali yosh avlodga singdiriladi. Ushbu yondashuvlar orqali Yangi Zelandiya korrupsiyani keskin kamaytirishga erishgan.