Erasmus+ GreenCamUz xalqaro loyihasining ikkinchi o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar Karabuk universitetining Temir-po‘lat va materialshunoslik institutiga tashrif buyurib, zamonaviy ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar.
![]() |
Tashrifda Alfraganus universiteti rektori professor Azizbek Ismailov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muminjon Xo‘jayev hamda loyiha hamkorlari ishtirok etdi.
![]() |
Ishtirokchilarga metall materiallarni tahlil qilish, sifat nazorati, ilmiy tadqiqotlar hamda talabalar amaliy tayyorgarligiga xizmat qiluvchi zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion infratuzilma haqida ma'lumot berildi.
![]() |
Tashrif yakunida muhandislik ta'limini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.




