Erasmus+ GreenCamUz xalqaro loyihasi doirasida Turkiyaning Karabuk universitetida barqaror rivojlanish va ekologik madaniyatni targ‘ib etishga qaratilgan Erasmus bog‘i tashkil etildi.

Tadbirda Karabuk universiteti rektori professor Fatih Kırışık, Alfraganus universiteti rektori professor Azizbek Ismailov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muminjon Xo‘jayev ishtirok etib, bog‘ga daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

Mazkur tashabbus "yashil kampus" g‘oyasini rivojlantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Erasmus bog‘i Alfraganus universiteti va Karabuk universiteti o‘rtasidagi hamkorlik, ekologik mas'uliyat hamda barqaror rivojlanish tamoyillarining ramziga aylandi.