Alfraganus universiteti ishtirok etayotgan Erasmus+ GreenCamUz xalqaro loyihasi doirasidagi ikkinchi o‘quv dasturi Turkiyaning Karabuk universitetida boshlandi.

Dasturda O‘zbekiston, Turkiya, Polsha, Litva, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasining hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Birinchi kun rasmiy ochilish marosimi hamda loyiha doirasidagi uchrashuvlar bilan boshlandi.

Ochilish marosimida Alfraganus universiteti rektori, professor Azizbek Ismailov va Karabuk universiteti rektori, professor Fatih Kırışık so‘zga chiqib, GreenCamUz loyihasining xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Shuningdek, delegatsiya Karabuk universitetining Muhandislik fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.