Turkiyaning Karabuk universitetida GreenCamUz loyihasi doirasida 1st GreenCamUz Conference va Erasmus+ International Staff Week tadbirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning yalpi majlisida Alfraganus universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Muminjon Xo‘jayev "Alfraganus universitetida ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik va Erasmus+ dasturi doirasidagi istiqbolli yo‘nalishlar" mavzusida taqdimot qildi.

Taqdimotda universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik, ilmiy loyihalar, akademik mobillik hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berildi. Tadbir doirasida xorijiy universitetlar vakillari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.